Xorazm viloyati, Gurlan tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

blog
  • Maktab haqida / Maktab jamoasi / Erishilgan yutuqlar
  • 10-04-2023, 10:06

,,Vazir jamg'armasi''mukofoti sovrindori

Sobirov To'lqinbek Gulmirzayevich-1993-yil 7-may Xorazm viloyati Gurlan tumani Vazir qishlog'i Qangli mahallasida tug'ilgan. 2012-yil Urganch davlat universitetiga davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan.2015-yilda universitetni a'lo baholarga tygatib Gurlan tumanidagi 15-umumiy o'rta ta'lim maktabiga matematika o'qituvchisi bo'lib ishga kirdi.O'zining tirishqoqligi,o'z kasbiga bo'lgan muhabbati uni o'z ustida yanada ko'proq ishlashga undadi.2021-yilda davlat atestatsiyasidan mufaqqiyatli o'tib oliy toifali o'qituvchi maqomiga erishdi. Bundan tashqari maktabimizning o'quvchi yoshlarini matematika fanidan chuqur tayyorlab, ularning oliy o'quv yurtlariga kirishida o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda. Ustozimiz Sobirov To'lqin faqat bu bilan chegaralanib qolmadi, o'z ustida yanada ko'proq ishlab 2023-yil fevral-mart oylarida o'tkazilgan ,,Vazir jamg'armasi''tanlovida qatnashib, to'qqiz oy davomida to'lanib boriladigan 5 million so'mlik (oylik maoshdan tashqari) pul mukofoti sovrindoriga aylandi.Ustozimizni ushbu yutug'i bilan  biz 15-maktab pedagoglar jamoasi samimiy qutlaymiz,ustozimizning keyingi ishlariga omad va zafarlar tilaymiz. Ustozimiz Sobirov To'lqinbek Gulmirzayevich tom ma'noda oylik maoshi 1000 dollar bo'lgan o'qituvchilar safidan joy oldi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Gurlan tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@gurlan15-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi

Maktab manzili